Ispaniyada 52 yil birga yashagan er-xotin deyarli bir vaqtda vafot etdi

Ispaniyada 52 yil birga yashagan er-xotin deyarli bir vaqtda vafot etdi

Ispaniyada er-xotin 52 yillik nikohdan keyin bir soatdan kamroq vaqt farqi bilan vafot etdi. Bu haqda La Vanguardia gazetasiga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

Nashrda aytilishicha, Kandida Kuervo Gonsales va Xose Antonio Garsiya Lyana 1970 yilda Ovedodagi (Asturiya avtonom hamjamiyati) cherkovda turmush qurishgan. 22 yanvar kuni ular 45 daqiqa farq bilan vafot etdilar. 89 yoshli ayol qariyalar uyida vafot etdi, ko‘p o‘tmay, uning 86 yoshli erining yuragi Asturiyadagi kasalxonada to‘xtadi, u 20 yanvardan beri kasalxonada edi.

Er-xotin Asturiyadagi 18 km masofada joylashgan ikkita aholi punktida tug‘ilgan. Er mexanik, ayol esa uy bekasi edi. To‘ydan keyin er-xotin Ovedoga joylashdilar, u yerda ahil yashashdi. Er-xotinning farzandlari yo‘q edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!