Ispaniya soliq qo‘mitasi Ronalduning taklifini rad etdi. Futbolchi 8 yilga qamalishi mumkin

Ispaniya soliq qo‘mitasi Ronalduning taklifini rad etdi. Futbolchi 8 yilga qamalishi mumkin

“Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu Ispaniya soliq tashkiloti bilan muzokara olib bormoqda. Futbolchi katta miqdorda soliq mablag‘larini yashirganlikda ayblanayotgandi.

“AS” nashrining yozishicha, ispan soliq qo‘mitasi Ronalduning yaxshigina taklifini rad etdi. Ya’ni portugaliyalik futbolchi 14,7 mln yevro miqdorida jarima to‘lashga tayyorligini bildirgandi. Aynan shu summa futbolchi yashirgan mablag‘larni to‘liq qoplardi. Biroq ispan soliq qo‘mitasi bunga ko‘nmadi. Tashkilot “Real” hujumchisidan 28 mln yevro to‘lashni talab qilmoqda. Agar futbolchi bunga rozi bo‘lmasa, 8 yilga qamalishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!