“Erkakcha gapiraman: endi bu yerda ishlay olmayman” — Babayan “Andijon”ni tark etdi

“Erkakcha gapiraman: endi bu yerda ishlay olmayman” — Babayan “Andijon”ni tark etdi

«Andijon» – OKMK (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Samvel Babayan quyidagicha fikr bildirdi:

— Birinchi navbatda bugungi natija uchun hammadan uzr so‘rayman. Nima deyishim mumkin? Tushuntirish juda qiyin. Bu hol meni faoliyatimda birinchi marta ro‘y berdi. Nima bo‘lishi kerak bo‘lsa bo‘ldi. Faqat «Andijon»da shu holat bo‘lgani achinarli. Bugungi raqibimiz ham qiyin holatda edi. O‘yinni yomon boshlamadik, deb o‘ylayman. Bir qator imkoniyatlarimiz bo‘ldi, standartlardan ham foydalansak bo‘lardi. Harakat qildik, ammo to‘p darvozaga kirmadi. Qanot himoyasidagi xatolar tufayli gol o‘tkazdik. Darvozamizdan ikkita to‘p o‘tkazdik, tushuntirishim ancha qiyin. Birinchi taymda raqib deyarli unchalik xavfli vaziyatlarni yarata olmadi. Yaxshi harakat qilsak, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Yigitlar vaziyatni o‘zgartirishga intilishdi. Bu safar o‘xshamadi.

Jamoadagi faoliyatimga to‘xtaladigan bo‘lsam, klubga kelganimda safarda «Bunyodkor»ni yutdik va klubni Superligada saqlab qoldik. Jamoa rahbariyati shakllantirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Yomon transferlar qilmadik. Kimni olmoqchi bo‘lsak, barchasini ololmadik. Chunki ko‘pchiligini shartnomalari bor edi. Shartnoma muddati tugaganlarini imkoniyat darajasida oldik. Jamoa qurishni yaxshi boshlagandik. Yig‘inlarda ham faol qatnashdik, mavsumni yaxshi boshladik. Boshida 4:0 ga yutganimizda 60 foiz o‘yinimizni ko‘rsatdik, deb aytgandim. Bu yolg‘on emasdi. O‘shanda ham men hali o‘zim ko‘rishni istagan jamoani ko‘rmagandim. «Qizilqum»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyat «nastroy»ning yo‘qligi sababli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Qo‘pol xatolar bo‘ldi. Keyin Farg‘onada «Neftchi»ga mag‘lub bo‘ldik. «Mash’al» bilan bahsda barchasini to‘g‘rilash imkoniyati bo‘ldi. FIFA kunlaridan keyingi o‘yinlarda afsuski, bizda ketma-ket uchta mag‘lubiyat bo‘ldi. Bir qancha sabablar tufayli imkoniyatlarni boy berdik. «Nasaf» bilan bahsni alohida ta’kidlash kerak. Ular ko‘p yillardan beri bir xil tarkibda o‘ynaydi va biz birgina qo‘pol xato evaziga yutqazdik. «Navbahor» bilan bellashuvda esa 90+4-daqiqada raqib murabbiyi durangni saqlab qolish uchun o‘yinchi almashtirdi. Afsuski, muvozanatni yo‘qotganimiz sababli gol o‘tkazdik va mag‘lub bo‘ldik. Bugungi mag‘lubiyat ham tushunarsiz bo‘ldi. Biz hujum tashkil qilyapmiz.

Qanday talablar qo‘yilgan bo‘lsa, klub barchasini bajardi. Bu yerga yaxshi niyatlar bilan, klub tarixini yaxshilash uchun kelgandim. «Andijon»ni chempionatda eng yaxshi natijasi 5-o‘rin bo‘lgan ekan va men buni yaxshilab, yuqoriga ko‘tarish maqsadida kelgandim. Futbolchilar ham bu yerga yuqori maqsadlarni ko‘zlab kelishgan. Jamoa uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.

To‘g‘risi, erkakcha gapiraman: endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman. Klub boshqaruvini boshqasiga beraman. Biz bu o‘yindan avval rahbariyat bilan ochiq va samimiy gaplashdik. Rosti, endi o‘z o‘rnimni boshqa insonga topshiraman. Yana aytaman: bu yerga natija qilish va barchani xursand qilish uchun kelgandim. Avval ham aytganman: menda ko‘p vaqt yo‘q edi va qisqa fursat ichida natija ko‘rsatishim kerak. Yillar davomida ishlab natija ko‘rsatishga menda vaqt yo‘q edi. Viloyat hokimi barcha sharoitlarni yaratib, natija uchun jonbozlik bilan harakat qilyapti. Klub yuqori natijalarni ko‘rsatishi uchun viloyat hokimi barcha ishni amalga oshiryapti. O‘zbek futboli rivojlanishi yo‘lida aynan viloyat hokimi ko‘p ishlarni qilyapti. Men ko‘rdimki, biz birgalikda bu ishlarni bajara olardik. Kechayu kunduz 24 soat ishladik va agar 25 soat bo‘lsa ham ishlashga tayyor edik. Afsuski, mehnatlarimiz o‘xshamadi. Har doim nimadir yetishmadi. Demak, nimanidir o‘zgartirish kerak.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Eronning «ishtihasi» ortib bormoqda

Эрон ўзининг тинчлик келишуви лойиҳасини эълон қилди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

Husanov o‘zidan tezkor futbolchi nomini aytdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов март ойида «Манчестер Сити»да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди ва мукофот топширилгандан сўнг клуб матбуот хизматига қисқа интервью берди.

Rossiyalik sobiq futbolchi Husanovni yulduz markaziy himoyachilardan ustun qo‘ydi

Собиқ футболчи Владислав Радимов "Манчестер Сити" ҳамда Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va “mamlakatning eng go‘zal ayoli”ni berishni talab qildi

Уганда Қуролли кучлари Бош штаби раҳбари ҳисобланувчи Муҳузи Кайнеругаба Анқара Сомалидаги ҳарбий амалиётидан фойда кўрганини ва бунинг учун товон тўлаши кераклигини маълум қилди.

Abduqodir Husanovga bugun yana bir katta topshiriq yuklatiladi

Англия Премьер-лигаси 32-турида "Челси" ўз майдонида "Манчестер Сити"ни қабул қилади.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Eron Harbiy-dengiz kuchlari AQSh esmineslarini Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan chiqarib yubordi

АҚШ Ҳарбий-денгиз кучларининг иккита эсминеци Ҳўрмуз бўғози орқали ўтишга уриниш пайтида деярли йўқ қилиниш хавфи остида қолди, деб хабар бермоқда Press TV.

Isroil Ispaniya diplomatiga Netanyahuning qo‘g‘irchog‘i portlatilgani uchun e’tiroz bildirdi

​Исроил ТИВ бунда Испания Бош вазири Педро Санчесни "иғвогарликда" айбламоқда.

Bo‘stonliqda noqonuniy chiqindixona yuzasidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi

Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ тумани “Янги ҳаёт” МФЙ ҳудудида ноқонуний чиқиндихона юзага келгани акс этган видеоматериаллар ижтимоий тармоқларда тарқалди.

Tramp Xitoyni Eronga qurol yetkazsa, 50 foizlik boj bilan tahdid qildi

У бу ҳақда Fox Newsга берган интервьюсида маълум қилди.

Nigeriyada bozorga berilgan aviahujumda kamida 200 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Peskov: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi hududiy bahslar bir necha kilometr bilan cheklangan

Дмитрий Песковнинг айтишича, Россия ва Украина ўртасидаги ҳудудий келишмовчиликлар “атиги бир неча километр” доирасида жамланган.

Dunyo yangi jahon urushi davriga kirmoqda — The New York Times

Давлат раҳбарлари тобора ҳарбий кучни асосий таъсир воситаси сифатида қўлламоқда, маҳаллий можаролар эса бир-бирига тўғридан-тўғри таъсир ўтказа бошлаган.

«Men Eronni bir kunda, hatto bir soatda yo‘q qilib yuborishim mumkin edi, lekin xohlamayman», — Tramp

Бошқа баёнотлар: — Улар музокараларга қайтиб келиб, биз истаган ҳамма нарсани беради, деб ўйлайман. Мен ҳаммасини хоҳлайман. Менга 90% ҳам, 95% ҳам керак эмас. Мен ҳаммасини хоҳлайман;

Farg‘onada fuqarolar nomiga 1 mlrd so‘mdan ortiq onlayn kredit rasmiylashtirgan firibgar qo‘lga olindi

ИИБга мурожаат қилганлардан яна бири номаълум шахс томонидан номига 105 миллион 780 минг сўмлик ипотека кредити расмийлаштириб олинганини билдирган.

Livandagi havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2000 nafardan oshdi

Бу ҳақда Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилди.

Oq uy Eron va AQSh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi

Бу ҳақда АҚШ вице-президенти Жей Ди Вэнс матбуот анжуманида айтиб ўтди.

Uganda Isroilni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

Уганда армияси раҳбари Мухоози Кайнеругаба Исроилни қўллаб-қувватлаш учун 100 минггача аскар юборишга тайёрлигини маълум қилди.

AQSh Eronga hujum qarori uchun tovon to‘lamoqda

АҚШ армиясининг истеъфодаги подполковниги Дэниел Дэвис фикрича, Вашингтон Эронга қарши ҳужум оқибатларини энди ҳис қилмоқда.

Isroilning Livanga havo hujumida 13 xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Reutersга таяниб Ливан президенти Жозеф Аун маълум қилди.

Tramp: AQSh Eron bilan kelishuv buzilsa, eng ilg‘or qurollardan foydalanishga tayyor

Бу ҳақда у New York Postга берган интервьюсида айтган.

Livanda Isroil hujumlari qurbonlari soni e’lon qilindi

Ливанда Исроил ҳужумлари сабаб 1500 нафардан ошиқ киши ҳалок бўлди.

Tramp Eron siyosati bo‘yicha kelishmovchiliklar fonida razvedka rahbari Tulsi Gabbardni ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan

Трамп Габбарднинг Конгрессдаги чиқишидан норози бўлган, чунки у ҳарбий сиёсатни тўлиқ қўллаб-қувватламаган деб ҳисобланган.

Rossiyada mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari 19 yilga qamaldi

Россияда мудофаа вазири собиқ ўринбосари Павел Попов 19 йилга озодликдан маҳрум қилинди.

23 ta dorixonaning lisenziyasi bekor qilindi

2026 йил I-чорагида Фармацевтика фаолиятини лицензиялаш ва фарминспекция бошқармаси томонидан талабларни қўпол равишда бузган 23 та дорихонанинг лицензияси бекор қилинди.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ga 48 mlrd so‘m qo‘shimcha kompensasiya belgilandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси Давлат экологик назорат инспекцияси (Экополиция) томонидан Тошкент вилояти ҳудудида навбатдаги экологик назорат рейд тадбирлари ўтказилди.

ChatGPT va OpenAIni Florida universitetidagi otishma uchun qurbon bo‘lganlar oilasi sudga bermoqchi

Бу ҳақда The Times ва бошқа халқаро нашрлар хабар қилмоқда.

Netanyahu Livan bilan darhol muzokara boshlashni buyurdi

Бу ҳақда The Times of Israel хабар берди.