Germaniya – dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri. Taraqqiyot esa faqatgina iqtisodiy rivojlanganlik, texnologiyalar, qulayliklar, shart-sharoitlar bilan o‘lchanmaydi. Taraqqiyot – eng avvalo tinchlik, erkinlik, hur fikrlilik, bag‘rikenglik, xilma-xillik degani. Insonlar tabiiy ravishda tinchlik va erkinlik ta’minlangan jamiyatlar, davlatlarga talpinib yashaydi. Germaniya shu bois ham bugun minglab, millionlab musulmonlar yashashni orzu qilayotgan va bu orzu sari hatto o‘z hayotini tahlikaga qo‘yib bo‘lsa ham borishga intilayotgan davlatlardan biri.
Biroq so‘nggi vaqtlarda o‘zlarining bag‘rikengligi, tolerantligi va umuminsoniy qadriyatlarni har narsadan ustun qo‘yishi bilan ajralib turuvchi nemislar orasida musulmonlarga nisbatan toqatsiz, hatto dushman kayfiyatidagi shaxslar paydo bo‘lmoqda, jamiyatda islomofobik qarashlar avj olmoqda. Bunga nima sabab bo‘lmoqda? Islomofik qarashlar, tajovuzkorono xatti-harakatlar, musulmonlar va islom ob’ektlariga hujumlar ortida kimlar turibdi?
Germaniyada islom
Germaniyaga 1970-yillarda musulmonlar ilk bor ommaviy ravishda kela boshladi. Ular asosan turkiyalik mehnat muhojirlaridan iborat edi. Bugungi kunga kelib islom nasroniylikdan keyingi ikkinchi eng yirik dinga aylandi. Musulmonlar soni taxminan 4,8 million nafarni yoki mamlakat aholisining 5,7 foizini tashkil etmoqda. Ularning 75 foizi sunniy mazhabiga mansub.
Mamlakatdagi 60 foiz musulmonlar to‘liq, 20 foizi esa qisman band holatda mehnat qilmoqda. Merkel yangi kelgan musulmonlarning nemis jamiyatiga moslashishlari uchun ikki shartni ilgari surdi. Birinchisi – nemis tilini bilish, ikkinchisi – qonunlarni hurmat qilish. Germaniyada tug‘ilgan musulmon bolalarning 73 foizi uchun ona tili – nemis tili.
Islom dinini qabul qilayotgan nemislar soni yil sayin oshmoqda
AQShning Pew Research Center nohukumat tadqiqot tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilga borib Germaniyaning har beshinchi fuqarosi yoki 20 foizga yaqin aholi musulmonlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bu raqamlar musulmon o‘lkalardan kelayotgan muhojirlar oqimi va islom diniga mansub aholining tabiiy ko‘payishi bilan bog‘liq. Shuningdek, nemis millatiga mansub fuqarolarning islom dinini qabul qilish sur’atlari ham ortib bormoqda.
Sest shahridagi Markaziy islom instituti arxivi Samim Abdullaning ma’lum qilishicha, o‘tgan yili musulmonlikni qabul qilgan nemislar soni ming nafardan oshgan. Odatda har yili 350 kishi atrofida islomni yangi qabul qilar edi. Yangi musulmonlarning 62 foizini ayollar tashkil etadi. «Albatta, ushbu musulmonlarning katta qismi eri musulmon bo‘lgani uchun islomni qabul qilmoqda.Biroq statistika ushbu ayollar aholining o‘ziga to‘q qatlamidanligi, barcha oliy ma’lumotli va moliyaviy holati yomon emasligini ko‘rsatmoqda», - deya qo‘shimcha qiladi Samim Abdulla. Uning fikricha, nemislar islomda Xudo tushunchasi nasroniylikka qaraganda tushunarliroq ekani, ba’zilari esa 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin g‘arbning asosiy dushmaniga aylangan musulmon ozchilikka xayrixohlik uchun ham islom dinini qabul qilmoqda.
Deyarli har kuni musulmonlarga hujumlar qayd etiladi
Nemislar orasida islom dinini qabul qilayotganlar soni qanchalik ortayotgan bo‘lsa, islomofobiya ham shunchalik kuchaymoqda. Mamlakatda deyarli har kuni musulmonlarga nisbatan hujumlar sodir etilmoqda. Germaniya IIVning Bundestag a’zolari so‘roviga javob berar ekan, 2019 yilning yanvar-mart oylarining o‘zida musulmonlarga nisbatan nafrat asosidagi 132 ta jinoyat sodir etilganini ochiqladi.
Xavfsizlik bo‘yicha ekspertning ta’kidlashicha, Germaniyada musulmonlar huquqlarining poymol qilinishi bo‘yicha holatlar IIV rasman qayd etayotganga qaraganda kengroq. Musulmon nodavlat-notijorat tashkiloti esa aprel-iyun oylarida mamlakatda masjidlar va musulmon jamoat tashkilotlariga eng kamida 15 marta hujum uyushtirilganini ma’lum qildi.
2018 yilda Germaniyada islomofobiya ortidan 824 marta (2017 yilda – 950) jinoyat sodir etilgan bo‘lib, 60 ta masjidga uyushtirilgan hujumlarda 33 kishi jarohat olgan. Bunda Germaniyadagi islomofobiya yanada tajovuzkor ko‘rinishga ega bo‘lmoqda. Avvallari radikallar masjidlar devorlariga haqoratli so‘zlarni yozib ketgan bo‘lsa, so‘nggi vaqtlarda musulmonlarga nisbatan qurol qo‘llamoqda.
Germaniyada tez-tez masjidlarga vandallik hujumlari kuzatilmoqda. Ultra o‘ngchilar bu yerda polisiyadan xavfsiramagan holda yanada ochiqroq harakat qilayotgani Yevropa musulmonlari xavotirlarini keltirib chiqarmoqda.
Islomofobiya ortida kimlar turibdi?
Germaniyada Yevropaning qolgan aksariyat davlatlarida bo‘lgani kabi, radikal o‘ngchi kuchlar va siyosiy partiyalar nufuzi ortmoqda. Masalan, o‘ta-o‘ngchi Germaniya uchun Muqobil (AfD) partiyasi 2017 yilda ilk bor federal parlamentdan o‘rin egalladi. Hukumatni immigrasiyaga nisbatan qat’iy cheklovlar joriy etishga undagani va Islomning oshib borayotgan ta’siridan xavotirda ekani, qolaversa hukumatning millionlab noqonuniy muhojirlarning mamlakatga kirishiga ruxsat bergani ushbu partiyaning obro‘sini oshirib yubordi.
So‘nggi vaqtlarda Yevropada islom tanqidchilari o‘z g‘oyalarini ko‘p sonli bloglarda, ijtimoiy tarmoqlar, uchrashuv va norozilik namoyishlari, telekanallar va mashhur gazetalarda yanada tajovuzkorona targ‘ib qilmoqdalar. Jumladan, germaniyalik publisist va islom tanqidchisi Henrik Broder (Henryk Broder) Ommabop Der Spiegel haftalik nashri mualliflaridan biri bo‘lib, Germaniyada eng taniqli islomofoblardan biri hisoblanadi. 2011 yilning 22 iyul kuni Norvegiyada bir necha teraktlar sodir etib, 77 kishini o‘ldirib, 151 kishini jarohatlagan Anders Bering Breyvik o‘zining 1500 betli manifestida bir necha marta Henri Broder nomini tilga oladi. Broder nafaqat Yevropa, balki butun dunyoda islomofoblarni musulmonlarga qarshi hujumlar, qonli teraktlarni sodir etishga ilhomlantirmoqda. U o‘z maqolalarida islom Yevropani bosib olishi va Yevropa jamiyatining mazmun-mohiyatini o‘zgartirib yuborishi haqida yozadi.
O‘ta so‘lchilar orasida ham Evropada islomning tarqalishiga qarshilar ko‘plab topiladi. Ayniqsa 80-yillarda paydo bo‘lgan «aksilnemislar» - aksilfashist guruhlar o‘rtasida. Ularning islomga nisbatan dushmanona kayfiyatini Isroilni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashlari bilan izohlashadi. Ular XX asrning 30-40-yillarida milliy sosialistlar tomonidan yaxudiylarning ommaviy ravishda qirg‘in qilinishida o‘zlarini aybdor deya hisoblashadi va shu sababli falastinliklarga, umuman olganda islom dunyosiga nisbatan dushmanlik munosabatida bo‘ladi.
Islom tanqidchilarining asosiy talablari – musulmon davlatlaridan muhojirlar oqimini to‘xtatish, Germaniyada chet elliklar hisobiga aholi sonining ortishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Ultra o‘ngchi kayfiyatdagi nemislarning musulmonlarga nisbatan dushmanona munosabatda bo‘lishi o‘ziga xos birlashtiruvchi omilga aylanmoqda.
Sanjar Said
Manba: azon.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
2024 йил ноябридан режалаштирилган ва 2025 йилда амалга оширилган «Қизил тўй» операцияси давомида Исроил ҳарбий ҳаво кучлари 12 дақиқа ичида Эроннинг 10 нафар юқори лавозимли ҳарбий раҳбарини йўқ қилишга эришди. Бу операция Эрон мудофаа тизимида жиддий нуқсон борлигини намойиш этди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.
БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.
20 июнь куни “Eco Expo Central Asia 2025” халқаро экологик технологиялар кўргазмаси доирасида Қозоғистон Республикаси Экология ва табиий ресурслар вазири Ерлан Нйсанбаев иштирокчиларнинг кўргазма стендлари билан танишди. Юқори мартабали меҳмонга Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов ҳамроҳлик қилди.
Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.
Исроилнинг 13 июн куни амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида Натанзда жойлашган асосий ядровий заводидаги уранни бойитиш центрифугалари бутунлай йўқ қилинган бўлиши мумкин. АЭХА бу ҳодисани радиацион ва кимёвий ифлосланиш келтириб чиқарган жиддий авария сифатида баҳоламоқда.
АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсет Яқин Шарқдаги марказий ҳарбий округ ҳудудига қўшимча ҳарбий кучлар ва воситалар юборилишини маълум қилди. Бу қарор Америка қўшинларини ҳимоя қилиш мақсадида қабул қилинган.
Миср давлатига қарашли MENA ахборот агентлиги хабар беришича, бу қўшма баёнот 16 июнь куни, Миср ташқи ишлар вазири Бадр Абделатти ташаббуси билан, Яқин Шарқ, Шимолий Африка ва Жанубий Осиёдаги ҳамкасблари билан кенгашлардан сўнг эълон қилинган.
86 ёшли Олий раҳбар Оятулло Али Ҳоманаий борган сари яккаланаётгани кўзга ташланмоқда. Унинг асосий ҳарбий ва хавфсизлик маслаҳатчилари Исроилнинг ҳаво ҳужумлари натижасида ҳалок бўлган, бу эса унинг яқин маслаҳатчилар доирасида катта бўшлиқ қолдириб, стратегик хато қилиш эҳтимолини оширмоқда.
Жиноятдан сўнг Зуев шериги билан бирга ўлдирилган одамнинг жасадини ўзига тегишли чорвачилик фермасида ҳайвонлар учун мўлжалланган кремация печида ёқиб юборган.
Исроил тарихидаги энг кўп хизмат қилган бош вазирнинг сиёсий фаолияти унинг шахсий миссияси — Исломий Республика Эрондан келаётган таҳдидлар ҳақида дунёга огоҳлик бериш билан белгиланган.
Шу билан бирга, Эрон расмийлари агар Тел-Авив агрессиясини тўхтатмаса, Теҳрон ҳарбий бўлмаган объектларни ҳам бомбардимон қилишни бошлаши мумкинлигини айтган
Бир вақтлар бутун дунёда имкониятлар юрти сифатида таниқли бўлган Америка Қўшма Штатлари энди айрим хорижликлар учун хавфли ва исталмаган жой сифатида кўрилмоқда.
Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг Эрондаги ҳокимият ўзгариши ва Исроилнинг ҳужумлари ўртасидаги боғлиқлик ҳақидаги баёнотига муносабат билдирди.
Бу ҳужум Украина чегарасидан қарийб 1000 км узоқда амалга оширилган. Украина Бош штабига кўра, ушбу заводда Эронда ишлаб чиқилган «Шаҳид» дронлари йиғилади, синаб кўрилади ва Украина ҳудудига, айниқса, энергетика ва фуқаролик инфратузилмасига қарши қўлланилади.
Ҳиндистонлик саноатчи ва Sona Comstar компаниясининг раиси Сунжай Капурнинг вафоти асалари чақиши натижасида юзага келган юрак хуружидан келиб чиққан бўлиши мумкинлиги ҳақида хабарлар тарқалди.
Франция президенти Эмманюуэль Макрон АҚШ президенти Дональд Трамп таклиф қилган Россиянинг Исроил ва Эрон ўртасида воситачилик қилиши ғоясига қарши чиқди.
Бугун жиноят ишлари бўйича Шайхонтоҳур туман судида К. Дусовга (1984 йилда Самарқанд вилоятида туғилган, муқаддам судланган) оид жиноят ишини кўриб чиқиш бўйича очиқ суд жараёни якунланиб, суд ҳукми эълон қилинди.