Islomning buyuk ayollari...

A A A
Islomning buyuk ayollari...

“Robbing ismi bilan o‘qi” (Alaq surasi, 1-oyat) oyati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ilk nozil bo‘lganida u Zot shunday ta’sirlandilarki, qanday qilib bir yetim holida o‘sgan, savodsiz, sahroyi arab biror narsani o‘qishi mumkinligiga aqllari bovar qilmasdi.

Bunday vaziyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni birinchi bo‘lib tinchlantirgan, qalblariga oro kirgan, qiyinchilik daqiqalarida qalblarini xotirjam qilgan, u Zotga imon keltirgan inson rafiqalari Xadicha roziyallohu anho bo‘ldilar. Bu ayol oliy nasabli, oqila, fozila, ishbilarmon, tadbirkor, Quraysh ayollarining sayyidasi hisoblanar, ayollar ichida Tohira degan nomni olgan edilar. Aynan u vahiy kela boshlagan ilk davrda, islom vujudga kelishining eng og‘ir yillarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga eng asosiy yelkadosh bo‘ldilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch yil davomida Allohning buyrug‘i bilan o‘z oilalari va yaqinlarini tavhid diniga chorladilar. So‘ng oilalarini to‘plab, Xoshim va Abdulmuttalib urug‘larini risolatga imon keltirishga chaqirdilar. Bu chaqiriqlari davomida Nabiy sollallohu alayhi vasallam Abbos ibn Abdulmuttallibga: “Qiyomat kuni men seni qutqara olmayman”, dedilar. Ammalari Sofiya binti Abdulmuttalib hamda qizlari Fotima roziyallohu anholarga ham shunday so‘zlar bilan murojaat qildilar. Murojaatlari davomida, jumladan: «Bu dunyoda siz mendan istagan narsangizni so‘rashingiz mumkin, ammo oxirat dunyosida, qiyomat kuni men sizga foyda bera olmayman», dedilar.

Ikkinchi Aqaba bay’ati ma’lum bir siyosiy va strategik majburiyatlardan iborat bitim edi. Unda Nabiy sollallohu alayhi vasallam erkaklar qatori, ayollardan ham bay’at qabul qildilar. U Zot ayollarni faqat uy ishlari, oila tashvishlari bilan cheklanib qolmasdan, jamiyat hayotida ham o‘ziga xos ravishda ishtirok etishga rag‘batlantirishga intilar edilar.

Islom manbalarining saqlanib qolishida muslimalarning o‘rni

Qur’onning, ya’ni Mushafning ilk saqlovchilaridan biri ayol kishi – hazrati Umarning qizlari Hafsa roziyallohu anho edilar. Musulmonlarning muqaddas Kitobini saqlash vazifasi ayol kishiga topshirilganligi o‘zida juda ko‘p narsani ifoda etadi.

Imom Hokim Nishopuriyning ta’kidlashicha: “Dinimizning to‘rtdan biri Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarini yetkazgan muslima opa-singillarimizga bog‘liq. Agar bu roviylar bo‘lmaganda, dinimizning to‘rtdan birini yo‘qotgan bo‘lar edik”.

Masalan, Abu Hanifa «Peshin namozidan avval 4 rakaat nafl (sunnat) namozi bor», desa, boshqa imomlar faqat 2 rakaatlik sunnat namozini ta’kidlaydilar. Imomlar Shofeiy, Molik va Ahmadlar Abdulloh ibn Umarlarning rivoyatiga tayansalar, Abu Hanifa Ummu Habiba va Nabiy sollallohu alayhi vasallamning boshqa ayollari roziyallohu anholardan rivoyat qilingan hadislarga tayanadi.

Ummu Dardo Nabiy sollallohu alayhi vasallamning buyuk sahobiyalaridan bo‘lib, Dimashq va Quddusda dars berardi. Uning darslariga imomlar, faqihlar va hadisshunoslar qatnashardi. Ispaniyadan Hindistongacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan katta imperiyani boshqargan zabardast hukmdor Abdulmalik ibn Marvon o‘z davrining eng yirik ulamosi bo‘lgan Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu tomonidan ustoz sifatida e’tirofga sazovor bo‘lgan edi. Abdulloh keksa yoshga yetganida, odamlar undan: «Sizdan keyin ilmni kimdan olamiz», deb so‘rashdi. Ibn Umar: «Marvonning o‘g‘li bor, Abdulmalik. U – faqih. Shuning uchun undan ilm talab qiling», deb javob berdi. Shu tariqa Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu Abdulmalik ibn Marvonni olim sifatida e’tirof etdi. Biroq Abdulmalik ibn Marvon Ummu Dardoning darslariga qatnar va buni o‘zi uchun or deb bilmasdi. Ushbularga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Demak islom rivojida ayollarni ham xizmatlari katta bo‘lganini inobatga olib ayol-qizlarimiz hozirgi kunda ham ilm olishga rag‘bat qilmoqlari lozim va lobuddir. Ushbu sharafli ilm yo‘lida ayol-qizlarimizga sharoit va imkoniyat qilib berish hurmatli otalarimiz va akalarimizga katta mas’uliyat yuklaydi. Aks holda ilmsizlik jaholati kelajak avlodlarga o‘z ta’sirni o‘tkazaveradi.

Ibodulla YANDASHEV,
Chust tumani “Toymas” jome masjidi imom-xatibi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

Samarqandda 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Марҳумнинг ўлим сабабларини аниқлаш мақсадида суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

Xitoy AQShni ogohlantirdi

Хитой Ҳормуз бўғозидан фойдаланиш, Эрон билан савдо алоқалари ва энергетика келишувларини давом эттиришини маълум қилди.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Eronga qarshi urushda AQSh qancha mablag‘ zarar ko‘rganini bilasizmi?

Бу ҳақда Iran War Cost Tracker нашри хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida ikki yuk kemasi hujumga uchradi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар берди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi inqiroz: Tramp Oq uyda shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi

Америка етакчиси Дональд Трамп Оқ уйда Ҳўрмуз бўғозидаги вазият ва Эрон билан музокаралар бўйича йиғилиш ўтказди.

Osiyoning eng boy odami kim?

Бу ҳақда Zakon.kz сайти хабар бермоқда.

“Real” yulduzi kasallik sabab bir zumda olti kiloga ozib ketdi

Мадриднинг “Реал” клуби ҳимоячиси Рауль Асенсио ҳозирда шифохонада бўлиб, унда гастроэнтеритга сабаб бўлган вирусни аниқлаш мақсадида текширувдан ўтмоқда.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.

Germaniyada chap ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin oshdi — BILD

Бу ўтган йилга нисбатан учдан бирдан кўпроқ ўсишни англатади.

Rus tilida so‘zlashuvchi generalning Mossad rahbari etib tayinlanishi Isroilda tanqid qilindi

Маълумотларга кўра, рус тилида равон сўзлашувчи беларуслик муҳожир Роман Хоффман разведка хизматининг 14-раҳбари бўлди.

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

У “қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ташкил этиш ва ўтказиш”, шунингдек, “пул ювиш"да айбланмоқда.

O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi vafot etdi

Тунда қаттиқ овоз бўлди. Ҳамма уйдан чиқиб кетди. Қўрқиб кетдик”, — дейди қўшнилардан бири.

“Ravshan Zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

Омма орасида “Равшан Золотой” номи билан танилган, таниқли тадбиркор Ғофур Раҳимовнинг жияни Равшан Муҳитдинов интерпол орқали қидирувга берилган.

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Дилшод Аҳмедов 2024 йил 16 октябрда “Ўзметкомбинат” АЖ бошқарув раиси этиб тайинланган. 2025 йил август ойида эса лавозимидан озод этилганди.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳолат юзасидан унга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.

AQSh Senati to‘rtinchi marta Erondagi urushni to‘xtatishdan bosh tortdi

Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Натижада, автомашинада кетаётган Қўшкўпир туманида яшовчи, 2002 й.т., муқаддам наркожиноят содир этганлиги учун судланган шахсга тегишли 4 кг 541 гр “опий” моддаси борлиги аниқланди

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Гап мамлакатдаги нефт маҳсулотларининг 10 фоизигача бўлган қисмини таъминлайдиган корхона ҳақида бормоқда.