Islom Maxachev Dog‘istondagi xayriya o‘yiniga tashrif buyurdi

Islom Maxachev Dog‘istondagi xayriya o‘yiniga tashrif buyurdi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev Dog‘istondagi havaskor futbol ligasiga tashrif buyurdi.

Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev Dog‘istondagi havaskor futbol ligasiga tashrif buyurdi.

Xayriya o‘yinida UFC chempionining dastxati tushirilgan bir nechta liboslar o‘ynaldi.

“Tashkilotchilar Islomni ko‘p ushlab turishni xohlamadi, lekin uning o‘zi barcha liboslarga dastxat qo‘yib berishni istadi”, — deyiladi havaskorlar futbol ligasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Islom 2022 yilning oktyabr oyida UFC 280 doirasida Charlz Oliveyraga qarshi jangda g‘alaba qozonib, yengil vazn toifasida chempionga aylangan edi.

Maxachev so‘nggi bor UFC 302 turnirida Dastin Poryega qarshi oktagonga ko‘tarildi. Dog‘istonlik sportchi 5-raundda Poryeni bo‘g‘ish uslubida mag‘lub etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!