Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan F.E. Suriyaga borib ISHID tarkibida jang qilmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Samarqand viloyati prokurorining katta yordamchisi Fayzulla Egamqulov ma’lum qildi, deyiladi everyday.uz saytida.
F.E. Rossiyaga ishlashga borgan va o‘sha yerda xonadoshlaridan islomiy ta’lim ola boshlagan hamda masjidlarga borib namoz o‘qishni ham o‘rgangan.
Bu yaxsha albatta, deydi prokurorining katta yordamchisi. Lekin keyinchalik u din niqobi ostida yovuzlikni targ‘ib qiluvchilar changaliga tushib qoladi. “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘ida o‘z shaxsiy profilini ochadi. U yerda esa ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalarini keng targ‘ib qiluvchi Abdulloh Zufar, Abu Umar, Iqbol kabi jami 29 profil egalari bilan do‘stlashadi. Ular F.E.ning ongini zaharlab, unga ham konstitusiyaviy tuzumni ag‘darish, butun dunyoda islomiy davlat qurish g‘oyasini singdira boshlaydi. F.E. ushbu g‘oyalarga shunchalar singib ketganidan hatto Suriyaga borib ISHID safida jang qilish istagida yonadi.
Huquq-tartibot organlarining sa’y-harakati bilan u o‘zining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirolmadi. Sud hukmiga ko‘ra, F.E. 5,5 yilga qamaldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Financial Times нашрининг хабар беришича, Франция президенти Эммануэль Макроннинг миллий хавфсизлик бўйича маслаҳатчилари — Эммануэль Бонн ва Бертран Бухвальтер февраль ойида Москвага Украина бўйича тинчлик музокаралари таклифи билан ташриф буюрган.
Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяху Эрон ҳужумидан сўнг ижтимоий тармоқларда тарқалган ўз ўлими ҳақидаги миш-мишларни киноя билан рад этувчи видео эълон қилди.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.