Isfandiyorxon qilichi evaziga qurilgan shifoxona

Isfandiyorxon qilichi evaziga qurilgan shifoxona

1910 yilda Xiva xoni Isfandiyorxon va bosh vazir Islomxuja Sankt – Peterburgga borganlarida ajoyib shodiyonaning ustidan chiqishdi. Shu kuni imperator saroyida valiaxd shaxzodaning tug‘ilgan kuni nishonlanayotgan edi. Yaxshiyamki, Isfandiyor garchi xon bo‘lsada, yoshligidan qilich yasashga ixlos qo‘ygan ekan. Usha safarda u o‘zi sof oltindan yasagan qilichni Peterburgga olib borgandi.

Shodiyonadan so‘ng shaxzoda bilan imperatorning quvonchi cheksizligini ko‘rgan xon va vazir bu yilgi bojni olib kelganini aytishadi. O‘g‘lining aynan xon keltirgan sovg‘a bois kasaldan forig‘ bo‘layotganini sezgan imperator quvonganidan bir yillik bojdan voz kechib yubordi. Keyin esa bosh vazir Islomxuja imperator Nikolay II qarata gap boshlaydi.

– Unda bizga ruxsat bersangiz, – Xivada shaxzoda Aleseyga bag‘ishlab, bir shifoxona bunyod qilsak. Toki, unda davolangan kishi shaxzodaga duo o‘qib, uning ham mudom sog‘ bo‘lib yurishini tilasalar. Navbatdagi gapni esa xon Isfandiyor olib – Keyin, oliy xazratlari, pochta va telegrafxonayam qursak, Sankt – Peterburg bilan aloqa o‘rnatib, bugungiga uxshash har bir quvonchli kundan boxabar bo‘lib, sovg‘a – salomlar bilan kelib turardik, – dedi imperator Nikolay 2 ga. Shu taxlit 1910 yilda qilich evaziga shifoxona qurilishiga Sankt – Peterburgdan ruxsat olinadi. Bayoniy “Shajarai Xorazmshoxiy” asarida “Asfandiyorxon Urganch darvozasidan Yangi Urganchga olib boriladigan yo‘lning shark tarafida viloyatning bemorlari davolanishlari uchun vase’ dorush – shifo bino qilmoqni Raximberganga topshirdi ”, deya yozgandi. Tabiiyki, barpo etiladigan shifoxona zamonaviy xolda bunyod qilinishi lozim edi. Shu bois, bosh vazir Islomxuja Moskva shaxridagi Soldatenkov shifoxonasiga borib, inshoaatning qurilish uslubi va loyixasini ko‘zdan kechirdi. 1911 yilda Isfandiyorxon Moskva shaxri meri Guchkovdan shifoxona bunyod qilish uchun loyixa tayyorlashda yordam berishni so‘ragan. U bo‘lsa usha paytda Rossiya imperiyasida dongi ketgan me’mor Roop nomzodini tasviya qiladi. Islomxuja Moskvaga borib, Roop bilan maslaxatlashadi. Shundan so‘ng Roop bor bilimini ishga solib, 1911 yilning sentyabrida loyixani Xivaga yuboradi.

Loyixaga ko‘ra, bino uchta aloxida korpusdan – shifoxona binosi, oshxona va tibbiyot xizmatchilari uchun turar joydan iborat bo‘lgan. Loyixaga ko‘ra, shifoxonani qurish uchun usha vaqtda 250 000 sum pul kerak bo‘lgan. 1913 yil sentyabrda esa shifoxona ishga shay xolga keltirilib, xon o‘zi yasagan qilich evaziga barpo bo‘lgan bu shifoxona uchun xalqqa to‘y beradi. Shu tarzda 1913 yil 23 sentyabr kuni tantanali ravishda ochilgan shifoxona bepul ish boshlaydi. Uning shifokori Moskva universitetini tugatib, Samara guberniyasida ishlab tajriba orttirgan, ichki kasalliklar, jarroxlik va kuz xastaliklari bo‘yicha mutaxassis Aleksey Fyodorovich Anisimov edi. Ayollarni davolash uchun Farg‘ona viloyatida uchastka feldsher – akusherlik bo‘limida ishlagan Ummi Gulsum Asfandiyorova chaqiriladi. Shifoxona bepul ish boshlagani bois, dastlabki uch oyda bemorlar soni ortib borgan. 1914 yilning 1 yanvaridan shifoxona pullik qilingani sabab, asta sekin murojaat qiluvchilar soni kamaya boshlagan.

Shu taxlit 1913 yilda Xivada ilk bor zamonaviy shifoxona ishga tushiriladi. Uning peshtokiga ko‘k koshin plitkalarda shunday so‘zlar bitilgan podshoxi a’zam imperaturi xazratlarining valiyaxdlari shaxzoda, ulug‘ knyaz Aleksey Nikolayevich janobi oliyning nomlariga Sayyid Isfandiyorxonning taraflaridin Toza Xivakda bino etilgan xastaxona. 1331 xijriy. Ushbu so‘zlar bugun ham Xivaga borgan har bir sayyohga Isfandiyorxon yasagan qilich evaziga shifoxona qad rostlagani to‘g‘risidagi tarixiy voqeani so‘zlab turadi desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Manba: megadunyo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!