Iqtidorli yoshlarimizdan yana biri "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Iqtidorli yoshlarimizdan yana biri "Zulfiya"  nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi

2021 yilning 27 avgustida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatidagi yangi ishlab chiqarish komplekslarining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti bosma OAV va noshirlik ishi fakultetining harbiy jurnalistika yo‘nalishi 3 kurs talabasi Umida Sulaymonova yoshlar nomidan so‘zga chiqib, prezident Shavkat Mirziyoyevga mamlakatimizda yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar uchun minnatdorligini bildirib, davlatimiz rahbarining e’tiboriga tushgandi.
28 avgust kuni Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov universitetimiz faxri bo‘lgan Sulaymonova Umida Po‘lat qiziga O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 27 avgustdagi PF- 6305- sonli Farmoniga muvofiq "Zulfiya" nomidagi davlat mukofotini mamlakatimiz rahbari nomidan tantanali ravishda topshirdi.
Umida Sulaymonovaning 2014 yilda “Dil izhorim”, 2015 yilda “Zulfiya ayamga o‘xshasam deyman”, 2017 yilda “Diyorim-iftixorim” she’rlar to‘plamlari nashrdan chiqqan. 2016 yilda M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali tomonidan o‘tkazilgan ilmiy–amaliy seminarda sertifikatga ega bo‘lgan. “Marifat”, “Vatanparvar”, “Bolalar sporti”, “Vaziyat” “Postda”, “Tong yulduzi” kabi ko‘plab respublika nashrlari hamda viloyat, tuman gazetalarida ko‘plab maqolalari, she’rlari muntazam chop etib kelinadi. “International iFuture Summit”, “Intercontinental Youth Online Conference 4” kabi bir qancha xalqaro konferensiyalarda maqola va tezislari bilan onlayn qatnashib, sertifikatlarga munosib topilgan.
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining faxri bo‘lgan Umida Sulaymonovani Prezidentimizning alohida e’tirofi, davlatimizning yuksak mukofoti bilan tabriklaymiz. Davlat rahbarining otalarcha g‘amxo‘rligiga javoban umidli qizimiz Umidaxon kelajakda yetuk jurnalist, Zulfiyaxonimga munosib izdosh bo‘lishiga ishonch bildiramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!