«iPhone» to‘lovni oshirdi

«iPhone» to‘lovni oshirdi

«Apple» yetkazib beruvchisi «Foxconn» yangi model taqdim etish arafasida dunyodagi eng yirik «iPhone» zavodi uchun qo‘shimcha ishchi kuchi yollash bo‘yicha sa’y-harakatni kuchaytirmoqda.

«Foxconn» Xitoyning Chjenchjou shahridagi zavodida yangi ishchilar kamida 90 kun ish joyida qolsa, 3000 yuangacha (424 dollar, 343 funt sterling) bonus olishi, do‘sti yoki oila a’zosiga muvaffaqiyatli murojaat qilgan xodim ham mukofotga tavsiya etilishini bildirdi.

«iPhone-15» sentyabrda taqdim etilishi kutilyapti. Yangi ishga yollangan xodimlar kompaniyada bir oy qolsa, 500 yuan oladi, deyilgan mashhur «WeChat» xabar almashish ilovasida. Bu tayvanlik ishlab chiqaruvchining «iPhone City» nomli ulkan zavodidagi ishchilar uchun imtiyozni yaxshilash yo‘lidagi so‘nggi harakat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!