Iordaniya: "Investisiya kiriting va mamlakat fuqaroligini oling!"

Iordaniya: "Investisiya kiriting va mamlakat fuqaroligini oling!"

Endi Iordaniya iqtisodiyotiga kamida 1 million dollar investisiya kiritgan xorijliklar mazkur mamlakat fuqaroligini olishi mumkin. The New Arab nashrining xabar berishicha, buning uchun fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirish kiritildi.

Iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb etishni istayotgan Iordaniya hukumati xorijliklarga Markaziy bankka omonat qo‘yish, biznes ochish yoki ko‘chmas mulk sotib olishni taklif qilmoqda. Kerakli shartlarni bajargan xorijlik investorning nafaqat o‘zi, balki 18 yoshga to‘lmagan farzandlari va ota-onasiga ham fuqarolik beriladi.

Iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb etish orqali ish o‘rinlari ortishiga umid qilinmoqda. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintiqasida eng yuqori ishsizlik ko‘rsatkichlaridan biri aynan Iordaniyaga tegishli, bu yerda deyarli har besh kishidan biri ishsiz.

Iordaniya Ichki ishlar vaziri Mazen Farayaning ma’lum qilishicha, 2018 yilning martidan beri aynan investisiya kiritish orqali 206 xorijlik fuqarolik oldi. U qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar investisiyalar oqimi ko‘payishiga imkon berishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!