Interpol koronavirusga qarshi qalbaki vaksinalar paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

Interpol koronavirusga qarshi qalbaki vaksinalar paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

Interpol uyushgan jinoiy guruhlar koronavirusga qarshi qalbaki vaksinalar tarqatishi yoki haqiqiysini o‘g‘irlashi mumkinligidan tashvishlanmoqda, deb yozadi The Guardian nashri.

"Huquqni muhofaza qilish organlari koronavirusga qarshi vaksina bilan bog‘liq jinoiy faollikning barcha turlariga qarshi imkon boricha yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi juda muhim", - dedi Interpol bosh kotibi Yurgen Shtok.

Nashrning yozishicha, Interpol tashkilotning 194 a’zo mamlakati huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli ogohlantiruv jo‘natgan.

Shtokning qayd etishicha, jinoyatchilar olami "vaksinalar yetkazib berish zanjiriga bog‘lanish yoki uni uzib tashlashni rejalashtirmoqda", shuningdek, soxta saytlar yordamida odamlarga qalbaki dorilarni taklif etishi mumkin.

Bundan tashqari, jinoyatchilar katta ehtimol bilan koronavirusni aniqlaydigan qalbaki testlarni ishlab chiqarishi va tarqatishi ham mumkin. 

Avvalroq Buyuk Britaniya Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni ma’qullagan birinchi davlatga aylangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!