Internet ustidan nazorat kuchaytiriladi

Internet ustidan nazorat kuchaytiriladi

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy internet ustidan nazoratni kuchaytiruvchi yangi qonunni imzoladi.

"Kun" manbasining xabar berishicha, Kiberjinotchilik haqidagi yangi qonunga ko‘ra, milliy xavfsizlik yoki iqtisodiyotga xavf deb hisoblangan istalgan sayt bloklab qo‘yilishi mumkin.

Bunday saytlarga kirganlar esa jarimaga solinishi yoki hattoki qamoq jazosi olishi mumkin.

Misr hukumatining ta’kidlashicha, bunday choralar mamlakatdagi barqarorsizlik va terrorchilikka qarshi kurash uchun zarur. Biroq huquqni himoyalovchi tashkilotlar hukumatni istalgan siyosiy ziddiyatlarni cheklashga urinishda ayblamoqda.

Qohira fikr erkinligi uyushmasining ma’lum qilishicha, qonunning imzolanishigacha 500 dan ko‘proq sayt bloklab qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!