Intel kompaniyasi Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatdi

Intel kompaniyasi Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatdi

Mikroprosessorlar yetkazib beruvchi yetakchilardan biri bo‘lgan Amerikaning Intel kompaniyasi Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi TASS.

«Bundan buyon biz Rossiyadagi barcha tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatdik», - deyiladi kompaniya saytida .

Intel kompaniyasi qo‘shimcha qilishicha, ular «o‘z xodimlarini, jumladan, Rossiyadagi 1200 ishchini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqdalar».

Mart oyi boshida kompaniya o‘z mahsulotlarini Rossiya va Belarusga yetkazib berishni to‘xtatganini e’lon qildi.

1968 yilda asos solingan Intel elektron qurilmalar va kompyuter komponentlarini, jumladan mikroprosessorlarni ishlab chiqaradi. O‘tgan yildan boshlab dunyoda yarimo‘tkazgichlar taqchilligi kuzatilmoqda, bu ko‘plab mamlakatlarda mobil aloqaning beshinchi avlod tizimlariga o‘tishi munosabati bilan ushbu mahsulotlarga talabning keskin ortishi bilan bog‘liq. Pandemiya va masofaviy ishning kengayishi sharoitida shaxsiy kompyuterlar va o‘yin pristavkalarini ishlab chiqarish ham oshdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!