Inson sochi pokmi?

Inson sochi pokmi?

Inson sochi pok hisoblanadi. Ya’ni tirik insonning sochi ham, vafot etgan insonning sochi ham, boshda turganda ham, kesib olinganda ham pok hisoblanadi.

Inson sochi pok deganda uni ishlatish mumkin, degan ma’noda emas, balki kiyimga yo biror a’zoga tegsa uni nopok qilmaydi ma’nosida tushuniladi. Masalan, birov kesilgan sochni ko‘mmoqchi bo‘lib yo boshqa biror sabab bilan cho‘ntagiga solgan bo‘lsa-yu, keyin shu holatda namoz o‘qigan bo‘lsa, pok kiyimda namoz o‘qigan bo‘ladi.

Sochning pokligiga ulamolar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning olingan muborak sochlarini Abu Talha roziyallohu anhuga uzatganlari va u zotning ularni odamlarga bo‘lib berganlarini dalil qilib keltirganlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!