Inson qadri Farg‘onada boshqacha

Inson qadri Farg‘onada boshqacha

Mamlakatimizda Inson qadrini ta’minlash borasida juda ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi ezgu ishlarga Milliy gvardiya bosh-qosh bo‘layotgani quvonarlidir.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Milliy gvardiya xodimlari ushbu soxaga ma’sul etib belgilangan.

Inson qadri Farg‘onada boshqacha

Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimligi 18 noyabr kuni Dang‘ara tumaniga tashrif buyurib, fuqaro Malika Matasyaseva murojaatini atroflicha o‘rgandi.

Fuqaro polkovnikka yuzlanib, taqdir sinovlari sabab Buxoro viloyatidan Farg‘onaga kelib qolgani, keyinchik oila qurgani va turmushi o‘xshamaganidan yordam berilishiga ehtiyoj sezganini aytadi.

Inson qadri Farg‘onada boshqacha

Murojaat alohida nazoratga olinib, Malikaning muammolari shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi. Xususan, tuman hokimligi xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari Madina Azizova tomonidan Uvasiy MFY Amir Temur ko‘chasi 11-uy ijaraga olinib, to‘lovlari hokimlik manbalari hisobidan qoplab kelingan. Dang‘ara tumani deputati Odiljon Jabborov, fuqaro M.Matosyaseva bandligini ta’minlash va ishga joylashishida yordam qilib tadbirkorlik sub’ektidagi supermarketiga taxlovchi lavozimiga ishga oldi.

Inson qadri Farg‘onada boshqacha

Undan tashqari, fuqaroning dorixonadan mavjud 300 (uch yuz ming ) so‘mlik qarzini to‘lab berdi. Bundan keyingi ijara to‘lovlarida ham deputat 6 oygacha bo‘lgan muddatda moddiy yordam berishini aytdi.

Fuqaro M.Matosyaseva muqaddam, Buxoro viloyatida yashab kelgani sabab Buxoro viloyati hokimligi bola huquqlarini himoya qilish sho‘basi rahbari ijtimoiy yotoqxonalar berilishini ma’lum qildi. Farg‘onada qolishni istasa, oylik daromadga ega bo‘lgan taqdirda subsidiyaga uy olish imkoni borligi haqida qizga tushuntirish ishlari olib borildi.

Inson qadri Farg‘onada boshqacha

"Ishdan bo‘sh vaqtlarimda bir yarim soatlik o‘quv kurslariga tikuvchilik kasbini o‘rgangani boraman. Monomarkaz tomonidan bugun buyruq chiqarilib, o‘qishga qabul qilindim. 700 mingdan stipendiya tayinlandi. Moddiy ahvolimni yaxshilagan taqdirimda subsidiyaga uy olmoqchi bo‘lsam boshlang‘ich to‘lovlarini hokimlik manbalari hisobidan to‘lab berilishini eshitib, xursand bo‘ldim", - deydi qiz.

Inson qadri Farg‘onada boshqacha

Malikaxon amaldagi qonunchilikka ko‘ra "Ayollar daftariga" kiritilib, monomarkazdan sertifikat olgan tadqirda tikuv mashina olib berilishini Milliy gvardiya o‘z nazoratiga oldi. Avallroq ushbu murojaat bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi rasmiy munosabat bergan edi.

Shermuhammad Dehqonov,

huquqshunos bloger


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!