Infantino JCH-2030ni Isroil va Falastinda o‘tkazishni taklif qildi

Infantino  JCH-2030ni Isroil va Falastinda o‘tkazishni taklif qildi

FIFA prezidenti Janni Infantino 2030 yilgi jahon chempionatini Isroil, Falastin va boshqa qo‘shni mamlakatlarda o‘tkazish taklifini bildirdi.

«Isroil va boshqa qo‘shni mamlakatlarda jahon chempionatini o‘tkazishni nega orzu qilmasligimiz kerak?

BAA va Isroil o‘rtasida 2020 yilda imzolangan tinchlik bitimni inobatga olgan holda JCH-2030ni Isroil va Yaqin sharqdagi qo‘shni mamlakatlar, shu jumladan Falastinda nega o‘tkazmaslik kerak?» – dedi Infantino Isroil bosh vaziri Naftali Benet bilan uchrashuvda.

Avvalroq, Infantino mundialni har ikki yilda o‘tkazishni taklif qilgan va bu Yevropa klublari tomonidan rad etilgan edi.

Ma’lumot uchun, JCH-2022ga Qatar, JCH-2026ga esa AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlari mezbonlik qilishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!