Indoneziyadagi JCH-2023 qur’a tashlash marosimi qoldirildi. FIFAning javobi qanday bo‘ladi?

Indoneziyadagi JCH-2023 qur’a tashlash marosimi qoldirildi. FIFAning javobi qanday bo‘ladi?

31 mart kuni Indoneziyada o‘tishi lozim bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi JCH-2023 qur’a tashlash marosimi siyosiy sabablar tufayli noma’lum muddatga qoldirildi.

O‘zbekiston ham yo‘llanma olgan JCH-2023 bahslari 20 maydan 11 iyunga qadar o‘tkazilishi, qur’a tashlash marosimi esa 31 mart kuni o‘tishi belgilangandi. Ammo Indoneziya futbol assosiasiyasi marosim keyinroq muddatga qoldirilganini e’lon qildi.

Bunga JCH-2023ga ilk marta Isroil yoshlar jamoasi ham yo‘llanma olgani, ammo bu mamlakat jamoasining Indoneziyaga kelishi hozirdan mahalliy aholining turli norozilik namoyishlariga sabab bo‘lmoqda. Indoneziya Isroilning Falastin bilan nizolari va bu mamlakatga nisbatan zo‘ravonliklari sababli uni tan olmagan. Bungacha Bali oroli gubernatori Isroil yoshlar jamoasini o‘z hududiga kiritmasligini ma’lum qilgan bo‘lsa, mamlakat poytaxti Jakartada minglab odamlar Isroil yoshlar jamoasining Indoneziyaga kelishiga qarshi namoyishlar o‘tkazgandi.

Reuters xabariga ko‘ra, FIFA JCH-2023 atrofidagi siyosiy voqealar sababli Indoneziyani turnir mezbonligidan mahrum etishi mumkin. Shuningdek, mamlakat futbol assosiasiyasiga nisbatan turli sanksiyalarni qo‘llash ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, FIFA 2016 yil Indoneziyani xalqaro o‘yinlardan chetlatgan edi. Bunga mamlakat hukumatining futbolga aralashuvi sabab bo‘lgan. Keyinchalik sanksiya bekor qilingandi.

Avvalroq, Iroq yoshlar jamoasi ham JCH-2023da Isroilga ro‘baro‘ kelsa, bu jamoaga qarshi maydonga tushmasligi yoki umuman turnirda qatnashmasligi mumkinligi haqida xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!