Indoneziyada “odam qiyofasidagi” akula ovlandi (FOTO)

Indoneziyada “odam qiyofasidagi” akula ovlandi (FOTO)

Indoneziyalik baliqchi Roti oroli sohilida g‘ayrioddiy akula ovladi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar qilmoqda.

Abdulla Nuren ismli baliqchining to‘riga tasodifan katta akula ilingan va u ovni uyiga olib kelgan.

Erkak uni sotish uchun maydalayotgan vaqtda akula ichida uning uch bolasini borligini ko‘rgan. Ularning ikkitasi oddiy akulaga o‘xshardi, uchinchisining esa turqi qiyshaygan edi va bu uni odamga o‘xshatardi.

Indoneziyada “odam qiyofasidagi” akula ovlandi (FOTO)

“Ikkitasi onasiga o‘xshardi, uchinchisining esa odam qiyofasi bor edi”, - degan Nuren.

Baliqni qo‘shnilar uning balig‘ini sotib olish istagini bildirishgani, lekin u rad javobini berganini qo‘shimcha qilgan.

“Uyim akulani ko‘rmoqchi bo‘lgan kishilarga to‘lib ketdi. Men baliqni o‘zimda saqlayman. O‘ylaymanki, u menga baxt olib keladi”, - dedi baliqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!