Ilmiy-tadqiqot uchun tuzilgan shartnomalar uch karra ko‘paygan

Ilmiy-tadqiqot uchun tuzilgan shartnomalar uch karra ko‘paygan

Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda oliygohlarda ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish lozimligi ta’kidlandi.

So‘nggi to‘rt yilda oliygohlarning ilmiy-tadqiqot uchun tuzgan shartnomalari uch karra ko‘paydi. Ulardan daromad 6 karra oshgan.

Lekin, ayrim oliygohlardagi ilmiy ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish juda past. Ixtirolarini patentlashda ham hamma birdek emas.

Kooperasiya yarmarkalarida oliygohlarning aksariyati faqat sotib oluvchi bo‘lib ishtirok etayotgani, daromadni xorijiy loyihalar hisobiga ham oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!