Ikki kun avval boshqa masjidda o‘g‘irlik qilgan erkak Toshkentda masjidda namoz o‘qishga kirgan fuqaroning 5400 dollarini o‘g‘irladi

Ikki kun avval boshqa masjidda o‘g‘irlik qilgan erkak Toshkentda masjidda namoz o‘qishga kirgan fuqaroning 5400 dollarini o‘g‘irladi

Toshkent shahri «Chorsu» bozori yonida joylashgan «Ho‘ja Ahror Valiy» jome’ masjidida erkak 6 dekabr kuni fuqaroning cho‘ntagidan 5400 dollaryi o‘g‘irladi. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘g‘rilik holati masjid kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

102 raqamiga qilingan murojaat uchun olib borilgan surishtiruvlar va videokuzatuv kameralaridagi tasvirlar o‘rganilgan va o‘g‘rining shaxsiga oydinlik kiritilgan. U 1984 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Otabek ismli fuqaro ekanligi aniqlangan. Tergov harakatlari davomida fuqaro o‘g‘irlikdan ikki kun oldin xuddi shunday jinoyatni Yunusobod tumanidagi «Minor» masjidida ham amalga oshirgani ma’lum bo‘lgan. U yerdan 1330 AQSh dollar pul o‘g‘irlagan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!