Ikki karra «Oltin butsa» sohibi vafot etdi

Ikki karra «Oltin butsa» sohibi vafot etdi

«Portu» klubi va Portugaliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Fernandu Gomesh 66 yoshida vafot etdi.

«Portu» o‘z tarixidagi eng buyuk shaxslardan birini yo‘qotganidan qayg‘uda va Fernandu Gomeshning oila a’zolari, do‘stlari hamda barcha muxlislariga chuqur hamdardlik bildiradi», — deb yozadi klub matbuot xizmati.

Gomesh uzoq vaqt davomida oshqozon osti bezi saratoni bilan kurashib keldi va oktyabr oyida insultga uchrab, kasalxonaga yotqizilgandi.

Hujumchi «Portu»ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib, klub safida 452 o‘yinda 355ta gol urgan. U 6 marta Portugaliya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan va ikki marta — 1983 va 1985 yillarda «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!