IIB xodimi tomonidan kaltaklangan fuqaroning sudiga jurnalist kiritilmadi

IIB xodimi tomonidan kaltaklangan fuqaroning sudiga jurnalist kiritilmadi

Andijonda shov-shuvli jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqila boshlandi. Mazkur ish og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar turkumiga kirmaydi. Uning shov-shuvga sabab bo‘lgani - Andijon shahar IIB xodimi  fuqaro J. Hamroqulovni kaltaklab, momataloq qilvorganiga qaramay oxir-oqibat ayblanuvchiga emas, aksincha, jarblanuvchiga aylganidadir. Garchi holatga Bosh prokuratura o‘z vaqtida izoh bergan bo‘lsa-da,  ochiq qolgan savollar ko‘pligi bois ayni voqelikka jamoatchilikning qiziqishi katta edi.

Kuni kecha mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi boshlandi. Biroq  jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisiga  «Sevimli» kanalining  «Zamon» dasturi muxbiri qo‘yilmadi.  Tuman sudi tomonidan bunga izoh berilmagani ham aytilayotir.

«IIB xodimi tomonidan kaltaklangan fuqaroning sudida ommadan yashiriladigan gaplar bormidi?» deya og‘riqli savol qo‘yadi telekanal xodimi.          


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!