Huquqshunoslar va hisobchilar xizmatiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyul oylari natijalariga ko‘ra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 660,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 20,1 % ga oshgan.
Hududlar kesimida huquq va buxgalterlik hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:
Qoraqalpog‘iston R. – 7,1 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 8,4 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 9,3 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 3,5 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 10,5 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 6 mlrd so‘m
Namangan viloyati – 9,3 mlrd so‘m
Samarqand viloyati – 18,4 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 3 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 2,9 mlrd so‘m
Toshkent viloyati – 21,8 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati – 15,2 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 9,2 mlrd so‘m
Toshkent shahri – 535,7 mlrd so‘m