Huawei Rossiyadagi internet-do‘konini yopdi

Huawei Rossiyadagi internet-do‘konini yopdi

Xitoyning smartfonlar va noutbuklar ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasi o‘zining Rossiyadagi Vmall internet-do‘konini yopdi, deb xabar tarqatdi kompaniya.

Sotuvlar 1 avgust kuni soat 10:00 da to‘xtatilgan.

Iyun oyining boshida Huawei Rossiyadagi rasmiy savdo nuqtalarini yopishni boshlagan edi. Kompaniyaga yaqin bo‘lgan manbalarning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, 8 iyunda 19 ta do‘kondan to‘rttasi faoliyatini to‘xtatgan. Do‘konlarning yopilishiga asosiy sabab omborlarda mahsulotlar taqchilligi hamda smartfonlarga talabning pasayishi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!