Huawei ham O‘zbekistonda «Google solig‘i»ni to‘laydi

Huawei ham O‘zbekistonda «Google solig‘i»ni to‘laydi

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda internet orqali ko‘rsatilgan xizmatlar va sotilgan mahsulotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan Huawei Services Co., Limited kompaniyasi 1 iyun kuni O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan.

Shu tariqa, O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olingan xorijiy internet kompaniyalarning soni 14 taga yetdi.

Avvalroq «Yandeks» O‘zbekistonda «Google solig‘i» to‘laydigan kompaniyalar qatoriga qo‘shilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Soliq kodeksining yangilangan tahririda «Google solig‘i» belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida raqamli xizmatlar ko‘rsatadigan xorijiy internet-kompaniyalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘laydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!