"Hizbulloh" Bosh kotibi: "Biz qurolimizni tashlamaymiz va jangdan voz kechmaymiz"
"Hizbulloh" Bosh kotibi Naim Qosim harakat qurolsizlanish niyatida emasligini ma’lum qildi va Livan hukumatini Isroilning Livan janubidagi harbiy ishtirokini to‘xtatishga chaqirdi.
Uning bayonoti Mehr News agentligi tomonidan e’lon qilingan.
"Qo‘shma Shtatlar Livan qarshiliklarini Isroil orqali to‘xtatmoqchi. "Hizbulloh" jihod, or-nomus, Livan g‘ururi va Falastinni qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida tashkil etilgan. Amerika va Isroil Livan kelajagiga aralashib, o‘zlarining harbiy, siyosiy va iqtisodiy pozisiyalarini dikta qilmoqda. Biz qurolimizni tashlamaymiz, chunki u bizga Isroil davlati bilan o‘zaro kelishuvga erishishga imkon bergan."
Harakat rahbari "Hizbulloh" "sulhni buzadigan hech qanday harakat qilmaganini" ta’kidlab, buning uchun aybni Isroil zimmasiga yukladi.
Harakat taslim bo‘lmaydi va Livanni Isroildan himoya qilishda davom etadi, deb va’da berdi.
Qo‘rquv va bosim o‘zimizni himoya qilishimizga to‘sqinlik qilmaydi, - dedi Qosim.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning noyabr oyida Isroil harbiylari va “Hizbulloh” o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim imzolangan, unga ko‘ra Isroil armiyasi Livandan bosqichma-bosqich chiqib ketadi va janubdagi o‘z pozisiyalarini Livan harbiylariga topshiradi. Keyinchalik, Livan hududidan Isroil tomonidan o‘qqa tutilgani va Livan janubidagi ID hujumlari haqida bir necha bor xabar berilgan.
