Hindistonda ko‘p farzandli ota bolalari sonidan uyalib, ulardan birini tashlab yubordi

Hindistonda ko‘p farzandli ota bolalari sonidan uyalib, ulardan birini tashlab yubordi

Hindistonlik erkak do‘stlari uning ko‘p farzandliligi ustidan kulganidan keyin, bolalaridan birini tashlab yubordi, deb yozadi "Daryo".

Hodisa mamlakat janubi-g‘arbidagi Kerala shtatining Kochin shahrida yuz berdi. Cherkovlardan birining ruhoniylari yangi tug‘ilgan chaqaloqni 31 may kuni ertalab topib olgan. Videokuzatuv kameralariga qaraganda, erkak xayrlashayotib, o‘g‘lining peshonasidan o‘pgan va ketayotgan vaqtida hadeb ortiga mo‘ralagan.

Polisiya bolaning ota-onasini topib, qo‘lga oldi. Qarindosh va do‘stlari ularning ko‘p farzandliligini pesh qilib kulavergach, ular shunday ishga qo‘l urganini tan oldi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol to‘rtinchi farzandiga homilador bo‘lgach, mazax qilishlar yanada kuchaygan. Bola tug‘ilgach, uni cherkovga tashlab ketish uchun oila Kochinga ko‘chib o‘tgan.

Er-xotinga nisbatan boladan voz kechish va bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish ayblovlari e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!