Hindistonda daydi it sherga tashlandi

Hindistonda daydi it sherga tashlandi

Hindiston o‘rmon xizmati zobiti Parvin Kasvan o‘z tvitterida jonivorlarning jang sahnasi tasvirlangan videoni e’lon qildi.

Bu haqda "zamon.uz" xabar berdi.

Tasvirda daydi it o‘rmonda sherga tashlangani va olishuv boshlanganini ko‘rish mumkin. Bir necha soniyali jangdan so‘ng it voqea joyidan qochib ketadi. Voqeaga safariga chiqqan sayyohlar ham guvoh bo‘lishgan. Kasvan video ostida “Men ham shunchalik o‘zimga ishonganimda edi. It sherga qarshi. Bu daydi itlar muammosi va ularning yovvoyi hayvonlar bilan o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatib beradi” deb izoh qoldirgan.

Video internetga joylangach, bir soat ichida 20 ming marta ko‘rildi va ijtimoiy tarmoqda tez tarqaldi.

Sharofat Mahmudova


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!