Hech kim bilmaydi, deb o‘ylagan

Hech kim bilmaydi, deb o‘ylagan

Jizzax viloyati Marjonbuloq shaharcha fuqarolar yig‘inida yashovchi M.T. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, tumanning G‘afur G‘ulom mahallasi hududidagi madaniyat saroyida sumkasida bo‘lgan uyali aloqa vositasi, 5 dona bank plastik kartasi hamda 2 million so‘mni noma’lum shaxs o‘g‘irlaganligini bildirgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida o‘g‘rilik G‘afur G‘ulom mahallasida yashovchi L.SH. tomonidan sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Undan uyali aloqa vositasi hamda 5 dona bank plastik kartasi hujjatlashtirib olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!