Hazoraspda yer sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Hazoraspda yer sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar R. va M. “B.” MFY raisi G.R. bilan oldindan til biriktirib, mahalla hududidagi zaxiradagi 11 sotix ekin yer maydonini fuqaro D.ga turar joy qurish uchun tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berishni va’da qilib, evaziga oldindan kelishilgan 9 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!