Harbiy bokschilarimiz jahon chempionatini ikkinchi o‘rin bilan yakunladi

A A A
Harbiy bokschilarimiz jahon chempionatini ikkinchi o‘rin bilan yakunladi

18 — 25 sentyabr kunlari Rossiya Federasiyasi poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati tashkil etildi. Unda dunyoning 36 mamlakatidan 292 nafar harbiy xizmatchi charm qo‘lqop ustalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib borishdi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy bokschilari jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallash bilan yakunladilar. Vakillarimiz 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Shularning 3 tasi oltin!

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz g‘olib va sovrindor bo‘lishdi:
Oltin medallar:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov;
+91 kg: Lazizbek Mullojonov;
-75 kg: Mavluda Mavlonova.

Kumush medal:
-64 kg: Mujibillo Tursunov.

Bronza medallar:
-51 kg: Aziza Yoqubova;
-60 kg: Rayhona Qodirova;
-69 kg: Navbahor Hamidova.

Yurtdoshlarimizni ushbu natija bilan chin dildan qutlaymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!