Har yili 6,7 million fuqaroning o‘limiga sabab bo‘luvchi "qotil" ma’lum qilindi

Har yili 6,7 million fuqaroning o‘limiga sabab bo‘luvchi "qotil" ma’lum qilindi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab tutun va havo ifloslanishining boshqa shakllari 6,7 million kishining hayotiga zomin bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar 2015 yilda e’lon qilingan oldingi hisob-kitoblardan yuqori.

Olimlarning o‘zlari to‘plagan ma’lumotlarga asoslangan xulosalari Lancet Planetary Health jurnalida chop etildi. Maqola mualliflaridan biri Richard Fuller atmosfera ifloslanishi inson hayoti sifatiga katta ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. O‘rta va past daromadli mamlakatlar aholisi eng ko‘p zarar ko‘rmoqda.

Olimlar havoning ifloslanishi inson salomatligi uchun eng xavfli muammolardan biri ekanligini ta’kidlamoqda. Zaharli aerozollar, kul zarralari va chang konsentrasiyasining ortishi nafaqat nafas olish organlarida o‘smalarning paydo bo‘lishiga ta’sir qiladi va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligini qo‘zg‘atadi, balki demans va boshqa ko‘plab surunkali kasalliklarning rivojlanish ehtimolini oshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!