HAMAS qo‘mondoni halok bo‘ldi

HAMAS qo‘mondoni halok bo‘ldi

G‘arbiy sohil hududida 10 iyun kuni yuz bergan to‘qnashuvda HAMAS qo‘mondoni halok bo‘lgan. Bu haqda Falastin nashrlari tarqatgan xabarlarga asoslanib, Arab News xabar berdi.

Manbada aytilishicha, bosib olingan G‘arbiy Sohilga kelgan HAMAS qo‘mondoni Muhammad Jobir Abdo Isroil kuchlari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgan. HAMAS ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

Muhammad Jobir Abdo bilan birga uning uch nafar hamrohi ham halok bo‘lgan. Rasmiylar voqea G‘arbiy sohilning Falastin ma’muriyati qarorgohi joylashgan Ramalloh shahri yaqinida yuz berganini bildirgan.

Isroil tomoni o‘ldirilgan qo‘mondonni yaqin atrofdagi yahudiy aholi punktiga hujum uyushtirishda ayblagan. Qo‘mondon uzoq qidiruvdan so‘ng Ramallohda aniqlangan.

O‘ldirilgan qo‘mondon hamrohlarining shaxsi oshkor qilinmagan. HAMAS rahbariyati vakili G‘arbiy Sohil hududiga qanday maqsad bilan borgani ham ma’lum emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!