Hali tug‘ilmagan bola rekord qo‘ydi

Hali tug‘ilmagan bola rekord qo‘ydi

Gersog Megan Markl va Shahzoda Garrining bo‘lajak farzandining jinsi va ismiga pul tikish rekord darajasiga yetgan.

Ma’lumotlarga qaraganda bukmekerlar 9 million yevrolik stavkalarni qabul qilgan.

2 aprelda yosh oila Instagram da akkaunt ochishdi. 5 soatu 45 daqiqa ichida bir millionta obunachi yig‘ib, ijtimoiy tarmoq rekordini o‘rnatishdi. Oldingi rekord koreys xonandasi Kan Danielga tegishli edi.

Hozirda qirollik oilasining akkauntiga 4 milliondan ziyod foydalanuvchi obuna bo‘lgan. Ularning sahifasida bor yo‘g‘i 9 ta surat bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!