Habib kimlar bilan jang qilmaganidan afsusda ekanligini aytdi

Habib kimlar bilan jang qilmaganidan afsusda ekanligini aytdi

Habib Nurmagomedov bo‘lib o‘tmagan bir nechta jangidan afsusda ekanligini aytdi.

"Jorj Cent-Pyer. Men bu odamni juda hurmat qilaman. Men uning janglari bilan o‘sganman. 2007 yilda u UFC chempionligini qo‘lga kiritganida men hali professional faoliyatimni boshlamagandim. O‘shanda havaskor jangchi bo‘lganman va dadam bilan uning ko‘p janglarini ko‘rganman. GSP men MMAda yaxshi ko‘rgan odam edi.

Bu ro‘yxatda Toni Fergyuson ham bor edi. Bizning jangimiz bo‘lmagan. Va... Menimcha, 2014 yoki 2015 yil UFC chempioni bo‘lgan Entoni Pettisni ham shular qatorida ko‘rsatishim mumkin. O‘shanda u eng yuqori cho‘qqida edi va men bu yigitni mag‘lub etishni juda xohlardim. Ammo keyin u chempionlik kamarini Rafael dos Anyosga boy berdi va uning faoliyati pasayib ketdi", - deydi Habib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!