Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorival Junior iste’foga chiqarilgach, mahalliy futbol konfederasiyasi (CBF) ushbu lavozimga xorijlik mutaxassisni tayinlamoqchi. Bu haqda UOL xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, CBF quyidagi nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda: "Real"ni boshqarayotgan Karlo Anchelotti, "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola, shuningdek, "Al-Hilol"da ishlayotgan Jorje Jezush.
CBF prezidenti Ednaldo Rodriges Anchelotti nomzodini ma’qul ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Gvardiola terma jamoa rahbariyati uchun ochiq ekani va Braziliyani alohida yaxshi ko‘rishi ta’kidlangan.
Dorival Junior Braziliya terma jamoasini 2024 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelayotgandi. "Pentakampionlar" 2026 yilgi jahon chempionati saralashining 14 turidan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Расмийларнинг тахминларига кўра, Нанкай ер ёриғи ҳудудида йирик зилзила содир бўлган тақдирда 298 минг киши қурбон бўлиши, мамлакатнинг иқтисодий йўқотишлари эса 1,81 триллион долларга етиши мумкин.
Reuters агентлигининг гувоҳларга таяниб хабар беришича, ҳарбий самолётлар Ливан пойтахти узра пастдан учиб ўтган ва бутун шаҳарда кучли портлашлар эшитилган.
Манба маълумотларига кўра, марказ ҳудуди устидан учувчи аппаратнинг камида беш марта учиб ўтгани қайд этилган. Ҳар бир парвоздан сўнг аппарат ҳеч қандай из қолдирмай ғойиб бўлган.