Gvardiola - Husanov haqida: «Unda o‘ziga xos qobiliyatlar bor»

Angliya kubogi doirasidagi «Bornmut» — «Manchester Siti» o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Pep Gvardioladan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida so‘rashdi.
— Husanov «Chelsi»ga qarshi debyutda xato qildi, ammo keyin o‘ziga kelib, doimiy tarzda maydonda tushmoqda. Uning o‘yinidagi rivojlanishni qanday baholaysiz?
— Ha, albatta, Husanovning buncha ko‘p o‘ynashini kutmagandik. Ammo vaziyat shunday — himoyada faqat 4 futbolchi bor.
Unda o‘ziga xos qobiliyatlar bor. Garchi tilni yaxshi bilmasa ham, maydonda o‘zini ko‘rsatmoqda. U bizga ko‘p yordam berdi.
Mavsum o‘rtasida kelgan futbolchilarga oson emas. Yangi o‘yinchilar, yangi liga... Ammo Abduqodir ham, Vitor Reys ham juda yaxshi.
Husanov bilan ko‘proq muloqot qilishimiz kerak. Shu orqali u tilni ham, bizni ham tezroq tushunadi.
Milliy jamoadan hamma salomat qaytdimi? Ha. Ba’zi futbolchilar boshqalarga qaraganda ko‘proq charchagan, lekin umumiy holat yaxshi», — deydi ispaniyalik mutaxassis o‘yin oldi matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, Angliya kubogi chorakfinali doirasidagi «Bornmut» — «Manchester Siti» uchrashuvi 30 mart, yakshanba kuni soat 20:30da boshlanadi.