G‘uzorda haydovchi YPX xodimiga pora berayotgan vaqtida ushlandi

G‘uzorda haydovchi YPX xodimiga pora berayotgan vaqtida ushlandi

Joriy yilning 29 avgust kuni soat 08:30 larda, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani IIB YHXB YPX inspektori Z.Pardayev G‘uzor tumani “Buyum” bozori ro‘parasida xizmat olib borayotgan vaqtida, ushbu ko‘chadan harakatlanib kelayotgan “Zil” rusumli yuk avtomobilini to‘xtatib, me’yoriy hujjatlarni tekshirganda, haydovchi 1987 yilda tug‘ilgan I.Dj. ushbu yuk avtomobilini boshqarish huquqini beruvchi tegishli toifa (kategoriya)si bo‘lmagan haydovchilik guvohnomasi bilan boshqarib kelayotganligini aniqlagan.

Haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Shundan so‘ng, haydovchi I.Dj. shu kuni G‘uzor tumani IIB YHXB katta inspektori F.Sultonovning xizmat xonasiga kelib, “Zil” rusumli yuk avtomobilini jarima maydonchasidan olib chiqish evaziga 300.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Katta inspektor F.Sultonov mazkur holat yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Joriy yilning 30 avgust kuni soat 15:35 larda, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro I.Dj. pora sifatida 200.000 so‘m pullarni katta inspektor F.Sultonovga G‘uzor tumani IIB YHXB ma’muriy binosidagi xizmat xonasida berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan joriy yilning 30 avgust kuni fuqaro I.Dj.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!