G‘uzor tumanida noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qumni noqonuniy qazib olishning oldi olindi

G‘uzor tumanida noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qumni noqonuniy qazib olishning oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan Qashqadaryo viloyat Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida fuqaro I.X. va boshqalar “Zarbdor” MFY hududidan o‘tuvchi “Qashqadaryo” daryosi o‘zanidan “Kraneks” rusumli ekskavator yordamida noruda foydali qazilma hisoblangan 304,6 metr kub hajmdagi tabiiy qumni qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 184,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari, shuningdek tadbir davomida 5 ta yuk mashinasi qum olish uchun navbatda turganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!