Go‘shtni qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati uzaytirildi

Go‘shtni qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati uzaytirildi

Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, soya danagini olib kirish, shuningdek o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizasiya qilish bo‘yicha aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi. Ilgari 2022 yil 30 aprelgacha edi.

Go‘shtni (mol go‘shtini, qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizasiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekistonga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi.

Tovuq go‘shti, muzlatilgan baliq va tirik parrandalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz 2022 yil 30 aprelgacha etib o‘zgartirishsiz qoldirildi.

2022 yil 1 yanvardan 2031 yil 1 yanvargacha Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar:

▫️foyda, aylanmadan olinadigan, ijtimoiy va daromad solig‘ini 1 foizda to‘laydi;
▫️yuridik shaxslarning mol-mulk, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlari 1 foizda to‘laydi.

Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlar 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!