Gulistonda “Guliston” tibbiyot klasterini ishga tushirish, uni biznes rejasini yakuniga yetkazish mavzusida seminar tashkil etildi

Gulistonda “Guliston” tibbiyot klasterini ishga tushirish, uni biznes rejasini yakuniga yetkazish mavzusida seminar tashkil etildi

Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urta tizimi bilan bog‘liq tajriba-sinov ishlari Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalarda yo‘lga qo‘yildi va aholiga kafolatlangan paket asosida tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlari boshlab yuborildi.

Bundan tashqari bemorlarga yuqori malakali tibbiy xizmat turlarini ko‘rsatish, xizmat sifatni oshirish maqsadida Gulistonda "Guliston" tibbiyot klasterini tashkil etish, uni ishga tushirish ishlari yakuniga yetib qoldi.

Ushbu ish ham nihoyasiga yetkazilgach viloyatdagi 6 ta tibbiyot muassasa, ya’ni viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi, viloyat endokrinologiya dispanseri, urush va mehnat faxriylari shifoxonasi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali hamda viloyat diagnostika markazi “Guliston” tibbiyot klasteri tarkibiga o‘tkaziladi va ular bir joyda, yagona boshqaruv asosida faoliyatini boshlaydi.

Shu maqsadda joriy yilning 25-26 oktyabr sanalarida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaz Sirdaryo viloyat filialida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Gulistonda “Guliston” tibbiyot klasterini ishga tushirish, uni biznes rejasini yakuniga yetkazish, biznes rejani amalga oshirish bo‘yicha resurslarni safarbar etish yo‘llariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

O‘tkazilgan seminarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining konsultantlari Aleksandr Lourenso, Mafaten Shaouali, Mark Xellouell, Kristofer Xitspatrik, Yelena Soy, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijrochi direktori birinchi o‘rinbosari Zohid Ermatov, bo‘lim boshlig‘i Dilnoza Najmutdinova, Sirdaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yuldashev, boshqarmaning mas’ul xodimlari hamda "Guliston" tibbiy klasteri tarkibiga kiruvchi tibbiyot muassasalari bosh vrachlari va bosh hisobchilari qatnashdi.

Ular ikki kun mobaynida Gulistonda "Guliston" tibbiyot klasterini ishga tushirish va tibbiy klaster biznes rejasini yakuniga yetkazish bo‘yicha fikr almashishdi, hamda davlat xususiy sherikchilik asosida xususiy tadbirkorga berilishi rejalashtirilgan Guliston shahridagi 1-oilaviy poliklinikaning biznes rejasini muhokama etdi.

G‘ulom PRIMOV,
Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!