Gulistonda bir kunda niqobsiz yurgan 210 kishi jarimaga tortildi

Gulistonda bir kunda niqobsiz yurgan 210 kishi jarimaga tortildi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 4 may kuni niqobsiz yurgan 210 kishi jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, profilaktika inspektorlari tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holati aniqlanmoqda. 4 may kuni birgina Guliston shahrida 210 kishi jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.

Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 million 225 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurish 2020 yilning 25 martidan buyon taqiqlangan. 2021 yiling aprelida IIV matbuot xizmati shu kungacha ichki ishlar organlari xodimlari karantin qoidalarini buzgan fuqarolarga nisbatan asosan ogohlantirish bilan cheklanib kelganini, bundan buyon qoidabuzarlarga nisbatan qonuniy va qat’iy choralar ko‘rilishini qayd etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!