Guliston tumanida noqonuniy qurol aniqlandi

Guliston tumanida noqonuniy qurol aniqlandi

Olingan ma’lumotga ko‘ra, Sirdaryo viloyati IIB TvaEQKB va Guliston tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 1948 yilda tug‘ilgan, Guliston tumanida yashovchi A.Kning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 1 (bir) dona, bir stvolli, 1959 yilda ishlab chiqarilgan V41444-raqamli «TOZ-16» rusumli ov qurolini hech qanday hujjatlarsiz saqlanayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!