Gruziyadagi vertolyot halokati: O‘zbekiston TIV hamdardlik bildirdi

Gruziyadagi vertolyot halokati: O‘zbekiston TIV hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston TIV Gruziyada vertolyot qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Gruziyada vertolyot qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani munosabati bilan bayonot e’lon qildi, deb xabar qildi “Dunyo” AA.

“Joriy yil 29 iyul kuni Gruziya Ichki ishlar vazirligi chegara qo‘shinlari polisiyasiga tegishli vertolyotning Gudauri tog‘ kurortida qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgani haqidagi xabarni qayg‘u bilan qabul qildik, - deyiladi TIV bayonotida. - Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”.

Eslatib o‘tamiz, 29 iyul kuni Gruziya Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari bo‘lgan vertolyot Gudauri tog‘larida paraplanerchilarni qidirib parvoz qildi.

Qidiruv tadbiri chog‘ida vertolyot qulab tushdi va bortdagi barcha 8 kishi halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!