Gruziyadagi eng qimmat bayroq qayta o‘rnatilganidan keyin ikkinchi kuni yirtilib ketdi

Gruziyadagi eng qimmat bayroq qayta o‘rnatilganidan keyin ikkinchi kuni yirtilib ketdi

Tbilisida Gruziyadagi eng baland va eng qimmat bayroqni shamol yirtib tashladi.

Paper Kartuli ma’lumotlariga ko‘ra, bu qayta o‘rnatilganning ertasiga sodir bo‘lgan. Olti oy oldin bayroq dovul paytida olib ketilgan edi.

Balandligi 55 metr, narxi 317 ming lari (110 ming dollar) bo‘lgan bayroq 2023 yil dekabrida Varketili hududida o‘rnatilgan edi.

Uning yuqori narxi shamol va quyoshga chidamliligi oshishi bilan izohlandi. O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida dovul tufayli bayroq yiqilib tushgan edi. Bayroq ustuni qariyb olti oy bo‘sh turdi. 13 iyun kuni unga yangi bayroq osilgan, ertasi kuni esa hudud aholisi uning yirtilgani haqida xabar berishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!