Google uglerod chiqindilarini kamaytirish va sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog‘liq ortib borayotgan energiya ehtiyojlarini qondirish uchun kichik modulli yadro reaktorlari ((SMR) yordamida o‘z ma’lumotlar markazlarini quvvatlantirishni rejalashtirmoqda.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya Amerikaning Kairos Power startapi bilan umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 6-7 ta reaktorni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Birinchi reaktorni 2030 yilgacha, qolganlarini esa keyingi besh yil ichida ishga tushirish rejalashtirilgan. Bitim narxi hozircha oshkor etilmagan.
Ushbu harakat Google'ni ma’lumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun yadro energiyasini tanlagan birinchi yirik texnologiya kompaniyasiga aylantiradi. Google energetika va iqlim bo‘yicha katta direktori Maykl Terrell loyiha ekologik barqarorlikka erishish strategiyasining muhim elementi ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, atom energetikasi eng kam uglerod chiqindilari bilan AI tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlashga yordam beradi.
Kompaniya reaktorlardan foydalanishning ikkita variantini ko‘rib chiqmoqda: ma’lumotlar markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish yoki umumiy elektr tarmoqlariga integrasiya.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
Суриядаги фуқаролар уруши давомида шафқатсизлиги ва мухолифатга қарши кураши билан машҳур бўлган Башар Асаднинг амакиваччаси ва Миллий мудофаа кучларига раҳбарлик қилган Сулаймон Асад мухолифат томонидан осиб ўлдирилди.
Путиннинг таклифлари қуйидагилардан иборат: Украина НАТОга қўшилмаслиги шарт ва Россия ўзи ҳозир Россияга қўшиб олганини эълон қилган Украинанинг тўртта вилоятининг бутун ҳудудига эга бўлиши керак.
Ташкилот конгрессида 2030 йилги мундиал бир вақтнинг ўзида олти мамлакат - Марокаш, Испания, Португалия, Аргентина, Уругвай ва Парагвайда ўтиши белгиланди.
Бир кун аввал Сурия мухолифати Дамашқ ва унинг атрофида «пойтахтнинг марказий маҳаллаларида оммавий талон-торож қилишни тўхтатиш» мақсадида жорий қилган комендантлик соати бекор қилинди.