“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida joylashgan “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 2024 yilning martida ta’mirlash ishlaridan keyin foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu chegara bojxona postida kuzatilayotgan tirbandliklar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, hozir “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida qurilish ishlari davom etmoqda. “Navoiy” postida ham zamonaviy bojxona posti qad rostlayapti, shu sababli post yopiq. Assosiy oqim bu postga yo‘nalmoqda. Shu sababli ko‘proq “Yallama”dan o‘tish tavsiya qilinmoqda.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti kelgusi yilning mart oyida foydalanishga topshiriladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi “G‘ishtko‘prik” bojxona postida yangi majmua qurilishi xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!