G‘ijduvonda 40 ming so‘m uchun fohishaxona tashkil etgan ayol jinoyat ustida ushlandi

G‘ijduvonda 40 ming so‘m uchun fohishaxona tashkil etgan ayol jinoyat ustida ushlandi

G‘ijduvon tumanida o‘z yashash joyida fohishaxona tashkil etgan ayol aniqlandi. Bu «Xavfsiz hudud» keng qamrovli profilaktik tadbirlar doirasida tumanda o‘tkazilgan «Oriyat» tezkor profilaktik tadbiri davomida ma’lum bo‘ldi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Romitan tumani Gazli shahrida ro‘yxatda turib, G‘ijduvon tumani Pamo‘za mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan M.V. ismli ayol o‘zining yashash uyida, moddiy manfaatdor bo‘lish evaziga bir ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishlari uchun shart-sharoit yaratib bergan va ushbu xizmat evaziga ulardan 40.000 so‘m olgan.

Mazkur holat yuzasidan M.V.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!