G‘ijduvon tumanida fuqaroning tadbirkorlik faoliyati qonuniylashtirildi

G‘ijduvon tumanida fuqaroning tadbirkorlik faoliyati qonuniylashtirildi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirda, “Nodirabegim” MFYda yashovchi fuqaro Jamshid Sadullayev o‘z xonadonida tegishli hujjatlarsiz qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, uning faoliyatiga qonuniy va amaliy yordam berildi.

Ushbu xonadonda o‘rnatilgan uskunalar bir oyda 10 000 kg qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, fuqaro o‘z faoliyatini 3 oy oldin yo‘lga qo‘ygan.

Profilaktik suhbat jarayonida qonuniy tadirkorlik faoliyatining afzalliklari, soliq imtiyozlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Natijada ushbu fuqaro ortiqcha ovoragarchiliklarsiz shu yerning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, oilaviy korxona tashkil etildi. Shu kunning o‘zida 3 nafar oila a’zosini ham rasman ish bilan bandligi ta’minladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!